HA!
Bogʻlanish

Sizga qanday yordam bera olamiz?

Savolingizni quyidagi shakl orqali yuboring — jamoamiz tez orada javob beradi. Yoki bizga bevosita bogʻlaning.

Bevosita bogʻlanish

Quyidagi kanallar orqali ham murojaat qilishingiz mumkin.

Huquqiy

Foydalanish shartlari

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 1-iyul

1. Umumiy qoidalar

HA! platformasidan foydalanish orqali siz ushbu shartlarga rozilik bildirasiz. Platforma faqat 18 yoshdan katta, jiddiy niyatli foydalanuvchilar uchun moʻljallangan. Roʻyxatdan oʻtishda toʻgʻri va haqqoniy maʼlumot kiritishingiz shart.

2. Akkount va javobgarlik

Akkountingiz xavfsizligi uchun oʻzingiz javobgarsiz. Parolingizni uchinchi shaxslarga bermang. Boshqa foydalanuvchilarga hurmat bilan munosabatda boʻlish va platformadan qonuniy maqsadlarda foydalanish talab etiladi.

3. Taqiqlangan xatti-harakatlar

O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko'ra ko'pxotinlilik (poligamiya) taqiqlanadi. Nikohda bo'lgan holda ikkinchi turmush o'rtoq izlash mumkin emas. Boshqa shaxsning shaxsiy ma'lumotlarini uning yozma roziligisiz joylashtirish taqiqlanadi. Yolg'on ma'lumot, firibgarlik, haqorat va noqonuniy faoliyat taqiqlanadi.

4. Mas'uliyat

Platforma foydalanuvchilar o'rtasidagi munosabatlar uchun javobgar emas. Administratsiya qoidabuzar e'lonlarni ogohlantirishsiz o'chirish huquqiga ega.

Huquqiy

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 1-iyul

1. Qanday maʼlumot toʻplaymiz

Biz siz taqdim etgan ismingiz, yoshingiz, shahringiz, rasmlaringiz va anketa maʼlumotlaringizni toʻplaymiz. Shuningdek, platformadan foydalanish tarzingiz haqidagi texnik maʼlumotlar ham saqlanadi.

2. Maʼlumotdan qanday foydalanamiz

Maʼlumotlaringiz sizga eng mos insonlarni tavsiya qilish, xavfsizlikni taʼminlash va xizmatimizni yaxshilash maqsadida ishlatiladi. Biz maʼlumotlaringizni uchinchi shaxslarga sotmaymiz.

3. Sizning huquqlaringiz

Istalgan vaqtda maʼlumotlaringizni koʻrish, tahrirlash yoki butunlay oʻchirishni talab qilishingiz mumkin. Hisobingizni oʻchirsangiz, maʼlumotlaringiz 30 kun ichida serverdan olib tashlanadi.

Huquqiy

Cookie siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 1-iyul

1. Cookie nima?

Cookie-fayllar — brauzeringizga saqlanadigan kichik matn fayllari boʻlib, ular platformani qulay ishlatishingizga yordam beradi va sizni har safar tizimga qayta kirishdan xalos qiladi.

2. Qanday cookie ishlatamiz

Zaruriy cookie-lar platformaning ishlashi uchun kerak. Tahliliy cookie-lar esa foydalanuvchilar platformadan qanday foydalanishini tushunishga yordam beradi.

3. Cookie-larni boshqarish

Brauzer sozlamalari orqali cookie-larni oʻchirib qoʻyishingiz mumkin. Ammo baʼzi zaruriy cookie-lar oʻchirilsa, platformaning ayrim funksiyalari toʻliq ishlamasligi mumkin.